«O‘zavtosanoat» General Motors'ning Asaka avtomobil zavodidagi ulushini sotib oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
2008 yili mart oyidan GM Uzbekistan'ga aylangan avtomobil zavodining 25 foiz ulushi, Reuters xabariga ko‘ra, joriy yil boshida bevosita GM'ga tegishli edi. O‘sha paytda «O‘zavtosanoat» rahbari (ayni chog‘da rahbar o‘rinbosari) bo‘lgan Umid Salimov «zavodning 15 foiz aksiyasi sotib olingani, GM tasarrufida 10 foiz aksiya qolayotgani»ni bildirgandi.
Uning shu yil may oyida jurnalistlarga bergan intevyusida «yil oxiriga qadar barcha aksiyalar sotib olinishi» haqida aytilgandi. Ammo, rasmiylar aksiyalar qancha bahoda sotib olingani va kelishuvdagi boshqa shartlarni oshkor etmayapti.
Mamlakatning sharqiy va aholi eng zich joylashgan Andijon viloyatida qurilgan zavod, dastlab, koreyslar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. 1996 yili Asakadagi zavod Janubiy Koreyaning Daewoo Motors va «O‘zavtosanoat» hamkorligi hosilasi bo‘ldi.
Zavod bir yilda 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uning ayrimlari Ravon brendi ostida xalqaro bozorga chiqariladi.
Davlat monopoliyasi o‘rnatilgan, yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham tanqid qilgandi. Unga ko‘ra, zavod xalq va davlat uchun foyda keltirmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi