7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabarida aytiladi.
«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.
«Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda, — dedi Rustam Qodirov. — Masalan, sizning mashinangiz bor, 3—5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi mashina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan mashinangizni dilerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz».
Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi