O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U o‘zbek estradasining bir guruh atoqli namoyondalari va sportchilar qatorida sahnada turib, O‘zbekiston madhiyasini kuylagan.
Kun nashrining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yana bir bayram konsertida ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish kerakki, oktyabr oyida Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
U O‘zbekistonda prezidentlik saylovi arafasida videomurojaat qilib, saylovda Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qilgan va muxlislarini ham shu nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.
Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2005 yildan buyon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U O‘zbekistonda oxirgi bor 2007 yilda konsert bergan (Xalqlar do‘stligi saroyida). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi