17:24 / 20.01.2017
8 531

“Lambada” qo‘shig‘i ijrochisi o‘ldirib ketildi. Qotil ma’lum

“Lambada” qo‘shig‘i ijrochisi o‘ldirib ketildi. Qotil ma’lum

19 yanvar kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrining Sakuarema tumanida yoqib yuborilgan avtomobil va uning ichida xonanda Loalva Brazning jasadi topildi. Loalva Braz “Chorando Se Foi” yoki xalq orasida “Lambada” nomi bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiq orqali muxlislarga yaxshi tanish edi.

Polisiya xonanda yashagan mehmonxonaga ikki kishi hujum qilgani va ular avvaliga uni o‘g‘irlab ketishgani, keyinchalik, qasddan o‘ldirishganini xulosa qildi. Ayni vaqtda xonandani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan bir kishi qo‘lga olingan. Bu haqda “Globo”ga asoslanib “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanayotgan kimsa so‘nggi 15 kun mobaynida 63 yoshli xonanda istiqomat qilayotgan mehmonxonada ishlagan. U Loalva Brazning o‘ldirish rejasini amalga oshirishda ishtirok etganligini tan oldi. Uning aytishicha, bu jinoyatga yana 2 kishi aloqador.

Tergov xulosalariga ko‘ra, 19 yanvar kuni 2 kishi Loalva Brazning xonasiga bostirib kirishgan. Xonanda yordam so‘rab baqirgan, ammo bu samarasiz kechgan.

Jinoyatchilar uni mashinaga o‘tirishga majburlashgan va olib ketishgan. Keyinchalik xonandaning jasadi yonib ketgan avtomobil ichidan topilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Loalva Braz 13 yoshidayoq kuylashni boshlagan. Mashhur “Lambada” qo‘shig‘ini 1989 yilda “Kaoma” guruhi bilan hamkorlikda yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Lambada” qo‘shig‘i ijrochisi o‘ldirib ketildi. Qotil ma’lum