Deparde ortiqcha vazni tufayli liftda qamalib qoldi

  • Madaniyat
  • 27-09-2015, 13:47
  • 1 466
  • Deparde ortiqcha vazni tufayli liftda qamalib qoldi

    Mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde Lazur sohilidagi binolardan birida o‘zining ortiqcha vazni tufayli qavatlar orasida to‘xtab qolgan liftda qamalib qoldi. Bu voqea aktyor Marsel meri rolini ijro etayotgan teleserialni suratga olish vaqtida yuz berdi. Bu haqda “La Provence” nashriga asoslanib “Kun.uz” yozmoqda.

    “Savdo-sanoat palatasi binosida suratga olish vaqtida Jerar Deparde Marsel meri kiyimida o‘zining tansoqchisi va yana bir kishi bilan liftda qamalib qoldi. 4 kishiga mo‘ljallangan lift anchagina vaznga ega Deparde va uning barvasta tansoqchisini ko‘tara olmadi”, deyilmoqda nashr bergan xabarda.

    Voqea guvohlaridan biri aktyor va uning tansoqchisi ushbu holatdan junbushga kelib, o‘zlarini chiqarib yuborishlarini hayqirib, liftni chayqata boshlashganini aytdi. Tez orada mexaniklar nosozlikni bartaraf etib, Depardeni “qamaldan” ozod etishdi.

    Aktyor suratga tushayotgan yangi serial Marseldagi hokimiyat uchun kurash, siyosiy firibgarlik haqida bo‘ladi.

    loading...
    Яндекс.Метрика