Djigarxanyan 82 yoshida ota bo‘lishi mumkin

  • Madaniyat
  • 30-11-2017, 16:00
  • 625
  • Джигарханян 82 ёшида ота бўлиши мумкин
    Rossiyaning mashhur aktyori Armen Djigarxanyan va uning turmush o‘rtog‘i Vitalina Sыmbalyuk-Romanovskaya rasman 2017 yilning 27 noyabr kuni ajrashgan edilar.

    Ajrashuv jarayoni yakunlangandan so‘ng, Vitalina o‘zining homilador ekanligini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Qalampir nashri.
    Aktyorning sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan jigarxanyanning teatrdagi xonasiga eshitish va kuzatuv moslamalari o‘rnatgani uchun jinoiy ish ochilgan edi.

    Bundan tashqari Vitalina teatr ta’miri uchun ajratilgan mablag‘dan 80 mln. rublni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.
    Sыmbalyuk-Romanovskaya bir necha bor so‘roqqa kelmaganidan so‘ng, unga qo‘ng‘iroq qilgan xodimlarga homilador ekanligini ro‘kach qilgan. Djigarxanyanning sobiq turmush o‘rtog‘i doktor unga asabiylashmaslikni maslahat berganidan so‘ng, u Gruziyaga ketganini ham qo‘shimcha qilgan.

    38 yoshlik skripkachi Sыmbalyuk-Romanovskayaning homilador ekanligi haqida, o‘zining so‘zlaridan boshqa dalil topilmadi.
    Avval ham Vitalina farzandli bo‘lish istagi borligini hamda Armen Djigarxanyanning yaqin kunlarda vorisi bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan edi. 82 yoshli Djigarxanyan ayolining bu xabaridan so‘ng qattiq g‘azablangan.

    Djigarxanyan va Vitalina Sыmbalyuk o‘rtasidagi mol – mulk bo‘yicha sud ishlari yakunlanmadi. Agar Vitalina haqiqatan homilador bo‘lsa, uning sobiq turmush o‘rtog‘iga oson bo‘lmasligi aniq.