20:23 / 16.12.2017
18 299

Yulduz Usmonova 2018 yildagi konserti kunlarini e’lon qildi

Yulduz Usmonova 2018 yildagi konserti kunlarini e’lon qildi
Xabaringiz bor, 10 yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2017 yilning 9-23 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Ey, aziz inson” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi. Xonandaning konserti avvaliga 13 kun deb e’lon qilinib, muxlislar talab va istaklariga binoan unga yana 2 kun qo‘shilgandi.

Kuni kecha 54 yoshini qarshilagan Yulduz Usmonova bu yilgi konsert dasturiga tayyorgarlik ishlarini allaqachon boshlab yuborgan. Xonandani yaxshi bilganlar, uning konsert dasturlarida doim qatnashganlar Usmonovaning aprelda konsert berishiga odatlangan edi. Ammo bu yilgi konsert oyi o‘zgardi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 10-24 mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Sen va men uchun” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Konsert hozircha 15 kun deb e’lon qilingan, ammo talab va istaklarga ko‘ra yana konsert kunlari kengayishi ehtimoldan xoli emas.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova 2018 yildagi konserti kunlarini e’lon qildi