Xabaringiz bor, 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish taklifi bildirilgan edi. Shundan so‘ng, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida huzurida “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilib, unga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rais etib tayinlangan edi.
Kuni kecha “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov klubning o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirgan ishlari haqida hisobot taqdim etdi.
Bugun, 24 yanvar kuni “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi rais Farrux Zokirov ishtirokisiz o‘tkazildi. “Qalampir.uz” manbasining yetkazgan xabariga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ayni damda AQShda. Shu bois u klubning yig‘ilishida ishtirok etmagan.
Navbatdagi yig‘ilishda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi Farrux Zokirov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlangan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Mansur Toshmatov, Munojot Yo‘lchiyeva, Matluba Dadaboyev, Zamira Suyunova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekiston xalq hofizlari Ilhom Ibrohimov, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibragimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Yaxyo va Muxsin Mo‘minovlar, Azim Mullaxonov ishtirok etishgan.
Bundan bir necha yil avval, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov markazi faoliyatini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Hatto, alohida xona ham ajratilgandi. Shu-shu markaz faoliyati qayta tilga olinmadi, nima ish bilan shug‘ullanayotgani ham aniq emas. Bu orada Ozodbek Nazarbekov rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi