Ukrainada o‘z tarkibiga Qrimni qaytarib olishga hech qanday imkoniyat yo‘q, deb aytdi 9 sentyabrda Chexiya prezidenti Milosh Zeman.
"Ayni vaqtda butun dunyodan siyosatchilar Qrimni Ukrainaga qaytarishning iloji yo‘qligini tan olmoqdalar", deb aytdi Zeman. Shu bilan birga Zeman gap qaysi siyosatchilar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Xabarda aytilishicha, Zeman bu haqda internet foydalanuvchilar bilan Parlamentnilisty.cz yangiliklar sayti tomonidan tashkillashtirishgan suhbatda aytib o‘tgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Prezidentning fikricha, Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi xalqaro kelishuvlar buzilgan holda amalga oshirilgan.
"Ukrainaning hududiy yaxlitligini kafolatlagan kelishuvlar buzilganiga hech qanday shubha yo‘q", deb aytgan Zeman.
Shu bilan birga Zeman 1954 yilda Nikita Xrushevning Qrimni Ukrainaga berish qarorini "kechirib bo‘lmas ahmoqlik" deb atadi.
Zemanning aytishicha, u Rossiya bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yish tarafdori.
"Men Rossiya bilan aloqalarning yaxshilanishi tarafdoriman. Bu iqtisodiy va madaniy sabablar bilan bog‘langan. Rossiya – evropacha-amerikancha sivilizasiyaning bir qismi bo‘lib, u xalqaro terrorchilikka qarshi kurash olib bormoqda", deb qo‘shimcha qildi Zeman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?