17:38 / 03.04.2017
5 974

Peterburgda qo‘lbola bombalar orqali portlashlar sodir etilgan

Peterburgda qo‘lbola bombalar orqali portlashlar sodir etilgan
Sankt-Peterburg shahri metropolitenining «Sennaya» va «Texnologicheskiy institut» bekatlarida portlash ro‘y berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, kamida 50 kishi jarohatlandi, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Chernaya rechka» bekati shubhali buyum topilishi tufayli yopilgan. Barcha markaziy bekatlarda evakuasiya ishlari olib borildi», — deya xabar bergan manba.

«Rossiya 24» telekanali o‘z manbasiga asoslangan holda xabar berishicha, vagonga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar orqali portlashlar sodir etilgan.

Ayni vaqtda tekshiruvchilar ish boshlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda qo‘lbola bombalar orqali portlashlar sodir etilgan