7 529
Sankt-Peterburgdagi portlashni uyushtirganlikda gumonlanayotgan terrorchining shaxsini uning ota-onasi tasdiqladi
Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni uyushtirishda terrorchi sifatida gumonlanayotgan Akbarjon Jalilov shaxsiga uning ota-onasi aniqlik kiritdia. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Ular o‘g‘lining shaxsini tasdiqladi. Tergov ishlariga aniqlik kiritish maqsadida Jalilovning atrofidagilar va ular bilan aloqalari diqqat bilan o‘rganib chiqilmoqda», — deya Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Rosgvardiya terrorchi-xudkush tomonidan «Ploshchad Vosstaniya» metro stansiyasida qoldirib ketilgan bomba trotil ekvivalentida 1 kilogramm quvvatga ega bo‘lganligini xabar qildi. Portlovchi qurilmaning quvvati uni zararsizlantirgan mutaxassislar tomonidan aniqlandi.
Avvalroq, barcha qurbon bo‘lganlarning shaxsi aniqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam jarohat olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi