12:29 / 11.04.2017
4 361

Trampning immigrasiyaga oid yangi tartibi: AQShga kiruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi parollarini berishlariga to‘g‘ri keladi

Trampning immigrasiyaga oid yangi tartibi: AQShga kiruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi parollarini berishlariga to‘g‘ri keladi
AQSh hukumati mamlakat hududiga kiruvchi har bir chet ellikdan shaxsiy ma’lumotlari va internet saytlaridagi maxfiy parollarini ma’lum qilishni talab qiluvchi yangi qaror loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqida Guardian nashriga asoslanib "Sof.uz" xabar bermoqda.

Yangi o‘rnatilajak tartibga ko‘ra, AQShga kirishni istagan barcha xorijliklar, jumladan, qisqa muddatli sayyohlar ham shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etishlari va mafkuraviy so‘roq-savolga tutilishlari mumkin bo‘ladi. Guardian nashri AQShning Bojxona va chegara patrul xizmati bilan bog‘lanib, mazkur ma’lumotga izoh berishlarini so‘ragan.

Bojxona xizmati rasmiysining ma’lum qilishicha, AQSh chegarasiga qadam qo‘ygan har bir xorijlik ularning tekshiruvi va nazorati ostida bo‘ladi. Tekshiruvlar sirasiga elektron uskunalar, jumladan, kompyuterlar, disklar, drayverlar, fleshkalar, yozuv lentalari, qo‘l telefonlari va boshqa aloqa vositalari, kameralar, MP3 va va boshqa multimediya pleyrlari, shuningdek, har qanday elektron va raqamli texnika vositalari kirishi mumkin.

«Amerika xavfsizligini saqlash va yuqori darajada texnikalashgan dunyoda mamlakatning qonunlarini ijro etish AQShga olib kirilayotgan barcha ma’lumot;arni qonuniy tarzda tekshiruvdan o‘tkazish qobiliyatimizga bog‘liq», – deydi Bojxona xizmati vakili. Chegara patruli zobiti ijtimoiy tarmoqlardagi kalit so‘zlar ham so‘ralishi mumkinligi haqidagi savolni javobsiz qoldirgan.

Amerikaning Electronic Frontier Foundation notijorat firmasi bojxona zobitlari tomonidan mehmonlardan elektron uskunalardagi ma’lumotlarni tekshirish uchun ulardagi fayllarni ochish va ijtimoiy tarmoqlardagi kalit so‘zni aytish talab qilinishi mumkinligini aytib ogohlantirgan.

Agar chet ellik mehmon mazkur ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortsa, chegara xizmati uni mamlakatga kiritmaslikka qaror qilishi mumkin bo‘ladi. Bunday tartib faqat chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq qilinadi. AQSh fuqarolarining mamlakatga kirishlariga qarshi hech qanday to‘siq qo‘yilmaydi.

Mutaxassislar yangi tartib tufayli AQShga kiruvchilar qiyinchilikka uchramasliklari uchun o‘z uskunalarida saqlayotgan ma’lumotlarga e’tiborli bo‘lishga chaqirgan. Texnik vositalar axborot xavfsizligi ekspertlari tomonidan tekshiriladi. Keyinchalik ro‘y beradigan ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida, sayohatchilarga chegaradan o‘tish vaqtida vaqtinchalik, eslab qolish qolish qiyin bo‘lgan va murakkab tarkibdan iborat parollardan foydalanish, so‘ngra parolni qaytda o‘zgartirib olish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, vaqtinchalik paroldan foydalanganda parolni eslab qolish funksiyasini o‘chirib qo‘yish va ikkita paroldan foydalanish funksiyasini ishlatish ham tavsiya qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning immigrasiyaga oid yangi tartibi: AQShga kiruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi parollarini berishlariga to‘g‘ri keladi