11:23 / 03.05.2017
6 288

Parij taksisida 1,5 million evroga baholangan kartina unutib qoldirildi

Parij taksisida 1,5 million evroga baholangan kartina unutib qoldirildi
Parij taksisida nomi oshkor etilmagan art-diler italiyalik musavvir Lucho Fantanoning 1,5 million evroga baholanadigan kartinasini unutib qoldirdi. Bu haqda «Vesti.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Art-diler Concetto Spaziale turkumidagi kartinani taksi yukxonasiga joylashtiradi. Yo‘lda ketayotganida telefon qo‘ng‘irog‘iga chalg‘iydi va surat ertasi kun esiga keladi, xolos.

U taksi haydovchisidan to‘lov chekini olmagani sababli o‘zi yurgan mashina haqida hech qanday ma’lumot qolmagandi. Oxiri polisiyaga murojaat etishga majbur bo‘ldi, biroq bundan hozircha natija chiqqani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij taksisida 1,5 million evroga baholangan kartina unutib qoldirildi