20:11 / 30.07.2017
11 333

Xitoy o‘z kuchini namoyish etdi (Foto)

Xitoy o‘z kuchini namoyish etdi (Foto)
Xitoyda Xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlab harbiy parad tashkil etildi. Parad Ichki Mo‘g‘uliston muxtor hududidagi Chjujixe mashg‘ulot bazasida o‘tkazildi. Bu haqda «Xinhua agentligi»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Paradda XXR raisi, Markaziy harbiy kengash raisi Si Jingpin ham harbiy libos kiygan holatda ishtirok etdi. U saflar qarshisida chiqish qildi va «Xalq ozodlik armiyasi istalgan xavfni bartaraf etishga qodirligini, mamlakat milliy suvereniteti, xavfsizligi va manfaatlarini himoya qilishi» haqida gapirdi.

Paradda quruqlikdagi qo‘shinlarning jangovar guruhi, axboriy jangchilar guruhi, maxsus harbiy harakatlar guruhi, havo va havo hujumidan mudofaa guruhlari, harbiy-dengiz kuchlari guruhi, harbiy-havo kuchlari guruhi, kompleks ta’minot guruhi, terrorizmga qarshi kurash guruhi, strategik zarbdor guruhi ishtirok etdi. Parad davomida yangi qit’alararo ballistik raketa (DF-31AG) namoyish etildi. Saflar ustida vertolyotlar uchib, «1 avgust» (XXOA tashkil etilgan sana) va «90» raqami hosil qilindi.

Paradda jami o‘n mingdan ortiq harbiylar va yuzlab harbiy texnikalar (129 samolyot va quruqlikda harakatlanuvchi 571 harbiy texnika) qatnashgan.












arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy o‘z kuchini namoyish etdi (Foto)