10:50 / 17.09.2017
7 763

Dubayda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi

Dubayda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi
Dubayda dunyodagi eng baland quyosh kollektoriga ega quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda BAAning The National nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, elektr stansiyasi quvvati 700 megavattni tashkil qiladi. Qaytgan quyosh nurlarini ushlovchi inshoot – quyosh kollektorining balandligi 260 metrni tashkil qiladi. Bu ayni vaqtda shunday inshootlardan eng balandi hisoblanadi.

Elektr stansiyani qurishga tanlovda Saudiya Arabistoni va xitoylik pudratchilar konsorsiumi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 3,9 mlrd dollarga baholangan.

Dubay rahbariyati rejasiga ko‘ra, amirlikning elektr ishlab chiqarishdagi “sof” energiya manbalari ulushi 2020 yilga kelib 25 foizga, 2050 yilda esa 75 foizga yetishi kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi