Google Rossiya kompaniya platformalari orqali 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovlari natijalariga ta’sir qilishga uringanining isbotini topdi, deb xabar bermoqda kompaniya ichidagi tergov natijalari bilan tanish manbalarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post (WP) nashri. Bu maqsadda o‘n minglab dollarlik reklama sotib olingan.
Reklama YouTube, Gmail’da hamda DoubleClick platformasida joylashtirilgan. Reklama xuddi shu maqsadda Facebook’da reklama sotib olingan manbalardan xarid qilinmagan.
Google’da rasmiy izohlar berishdan bosh tortishdi.
Manbalarning aytishicha, umumiy qiymati 100 ming dollardan kamroq bo‘lgan reklama kompaniya tomondan shubha ostiga tushgan. Google hanuzgacha bu reklama Kreml bilan bog‘liq tuzilmalar tomondan buyurtirilgani yoki yo‘qligini aniqlay olmagan.
Sentyabr boshida Rossiyadan Facebook’da siyosiy reklama joylashtirilgani ma’lum bo‘lgandi. Bu reklamani Sankt-Peterburgda joylashgan, Yevgeniy Prigojinning internet-tadqiqotlar agentligi bilan bog‘liq kompaniyalar sotib olishgan. Ushbu holat Facebook’ning reklamani joylashtirish qoidalarini o‘zgartirishiga olib kelgan: endi foydalanuvchilar u yoki bu siyosiy maqolani kim buyurtirganini bila olishadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi