Ijtimoiy tarmoqlarda kurash musobaqasi vaqtida kurash tushayotgan opasining yonini olgan kichik bolakayning xatti-harakatlari munosib baholandi.
Indianada yashovchi Tori Prendergast tomondan suratga olingan videoda bolakayning opasi o‘g‘il bola bilan kurash tushayotgani tasvirlangan. Kurash boshlanishi bilan o‘g‘il bola kurashchi qiz raqibining oyog‘idan ushlab olib, uni yerga ag‘darganda, qizchaning ukasi opasini urishmoqda deb o‘ylab, uni himoya qilgani o‘rtaga yugurib chiqqan. Bolakay “Opamga tegma” degancha o‘g‘il bola ishtirokchini ura ketgan.
Bolakay olqishlar va kulgular ostida o‘rtadan olib chiqib ketilgan.
“Bu men qachondir ko‘rgan eng yaxshi vaziyatdir. Bu juda zo‘r bo‘ldi”, deb aytgan tomoshabinlardan biri.
“Qiz raqibingning shunday jiddiy ukasi bo‘lganda, yaxshisi u bilan to‘qnashma!”, deb yozgan video muallifi.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida bolakayni maqtashgan.
“Qanday yoqimli! O‘z opa-singlingning yonini olish to‘g‘ri ishdir!”, deb yozgan Kimberli Xardin-Fenn ismli foydalanuvchi.
“Mutlaq maftunkor! O‘z opasini yaxshi ko‘rgan bolakayning bu g‘amxo‘rligiga tasanno. Kulgudan to‘xtay olmayapman”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi