2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida amaldagi prezident Vladimir Putin nomzodini ko‘rsatish uchun imzolar yig‘ish boshlandi. Bu haqda «RIA Novosti»ga Xabarovskdagi «G‘alaba ko‘ngillilari» vakili Anastasiya Braga xabar bergan. Bu haqida «xabar.uz» yozmoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, aynan Xabarovsk o‘lkasida bu jarayonga start berilgan va keyinchalik Rossiyaning boshqa hududlarida davom etyapti. Hozirda shaharning ikki savdo markazida imzolar yig‘ilmoqda.
28 dekabrda Rossiya markaziy saylov komissiyasi Putinni qo‘llab-quvvatlovchi guruhni rasman ro‘yxatga olgandi. Shundan so‘ng guruh imzo yig‘ish va amaldagi prezident nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi. Putin nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun kamida 300 ming kishi uni qo‘llab imzo chekishi lozim.
Rossiyada prezidentlik saylovlari 2018 yilning 18 martida bo‘lib o‘tadi. Saylov kompaniyasi 18 dekabrda boshlangan, nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 7 yanvariga qadar topshirilishi lozim. Bugun 5 yanvar ekanligini hisobga olsak, kerakli miqdorda imzo to‘plab, hujjatlarni markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishi uchun bor-yo‘g‘i ikki sutkadan kamroq vaqt qolmoqda. Agar bu ish vaqtida amalga oshmasa, Vladimir Putin nomzodi qabul qilinmasligi va tabiiyki, u prezident bo‘lib saylanmasligi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi