15:45 / 26.01.2018
6 443

Meksikadagi uchta nomsiz qabr ichidan 33 ta bosh suyagi topildi

Мексикадаги учта номсиз қабр ичидан 33 та бош суяги топилди
G’arbiy Meksikaning Nayarit shtatida politsiya tomonidan 33 ta bosh suyagi topildi.

Xabarda aytilishicha, politsiya xodimlari ularni uchta nomsiz qabr ichidan topgan va ommaviy dafnning necha yil avval amalga oshirilgani hali aniqlanmagan.

Ayni paytda topilgan suyak qoldiqlari soni davom etayotgan qazishma ishlari natijasida yana ham ortishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Meksikada jinoiy qabrlar tez-tez topilib turadi. O’tgan yilning mart oyida Verakus shtatidagi qabrlarning biridan 47 ta bosh suyagi, 2016 yilda esa jinoiy hodisalar qurboniga aylagan 253 jasad topilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikadagi uchta nomsiz qabr ichidan 33 ta bosh suyagi topildi