AQShning Texas shtatida yil boshidan beri o‘n uchinchi jinoyatchi qatl etildi

  • 19 noyabr 2015, 14:30
  • 4 222
  • Dunyo
  • AQShning Texas shtati rasmiylari 18 noyabr, chorshanba kuni 15 yil avval etti yoshli qizi va uning ikki nafar o‘gay singlisi o‘limida ayblanib, oliy jazoga hukm etilgan jinoyatchini qatl etdi. Hukm tomirga zaharli in’eksiya yuborish yordamida amalga oshirildi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

    AQShning Texas shtatida yil boshidan beri o‘n uchinchi jinoyatchi qatl etildi

    36 yoshli Rafael Xolidey Texasda bu yil qatl etilgan 13, o‘lim jazosi tiklangan 1976 yildan beri esa 531-jinoyatchi bo‘ldi.

    AQShning 31 shtatida o‘lim jazosi qo‘llaniladi. Aprel oyida olingan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 3002 nafar mahbus mazkur jazo ijrosini kutmoqda. Oliy jazo tiklangan 1976 yildan 2015 yil sentyabriga qadar AQShda 1414 kishi qatl etilgan. Uni amalga oshirishda asosan tomirga zaharli in’eksiya yuborish usulidan foydalaniladi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQShning Texas shtatida yil boshidan beri o‘n uchinchi jinoyatchi qatl etildi