19:36 / 16.02.2018
3 633

YeXHT Rossiyada Navalniyga tegishli sayt blokirovka qilinganidan xavotir bildirdi

YeXHT Rossiyada Navalniyga tegishli sayt blokirovka qilinganidan xavotir bildirdi
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti(YeXHT)ning ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir RFda Aleksey Navalniyga tegishli bo‘lgan, hamda Oleg Derepaska haqida ma’lumot e’lon qilingan sayt blokirovka qilinganidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqdagi ma’lumot payshanba kuni «Tvitter»da e’lon qilindi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

«Rossiyada tergov haqida hisobot e’lon qilgani bois navalny.com sayti Roskomnadzor tomonidan blokirovka qilinganini xavotir bilan kuzatib turibmiz. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish jamoatchilik qiziqishlariga sabab bo‘ladigan masalalarni yoritishda to‘siq bo‘lishi yoki veb-sayt to‘la blokirovka qilinishini oqlashga asos bo‘lishi kerak emas», — deya yozdi Dezir.

Bundan avval Roskomnadzor aloqa operatorlariga Aleksey Navalniy sayti sahifalariga kirishni bloklashtirish borasida majburiyat yuklangan edi. Bu saytda Oleg Deripaskaning shaxsiy hayotiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilingan edi. Roskomnadzor shuningdek Google kompaniyasidan sud qarorida ko‘rsatilganidek YouTube dagi materiallarni olib tashlanishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YeXHT Rossiyada Navalniyga tegishli sayt blokirovka qilinganidan xavotir bildirdi