Afg‘onistondagi IShID faoliyati va ularning a’zolariga oid ma’lumotlar bo‘rttirilgan. Ularning soni hozirda 2 ming kishidan kam. Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiyada qilgan ma’ruzasida shu haqda ma’lum qildi.
“Afg‘onistondagi IShID faoliyati haqida turli xabarlar mavjud. Ularning ayrimlari bo‘rttirilgan. Bugungi kunda Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni 2000 kishiga yetmaydi. Afg‘oniston kuchlari hamkor davlatlar bilan birgalikda IShIDga a’zo 1000ga yaqin jangarini yo‘q qilishga erishdi. Bizda jangarilarga qarshi kurashish borasida siyosiy iroda yetarli va kuchli. Shunday ekan, global maydonda biz bunday tahdidga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, - dedi Afg‘oniston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Xalqaro Forumlar saroyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan o‘z ishini davom ettirmoqda. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasidan so‘ng, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani nutq so‘zladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi