Oq uy ma’muriyati huzuridagi ijroiya idorasi AQSh Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oy sirtiga egalik qilish va undan istalgan maqsadda foydalanishga huquqqa egaligi aytilgan hujjatni e’lon qildi. Bunga esa 1967 yildagi Koinot haqidagi kelishuvdan tashqari yana bir sabab keltirilgan: Oyga istalgan missiyalar va parvozlar uning sirtida qoldirilgan ilmiy qurilmalarga ziyon yetkazishi mumkin. Amerikalik amaldorlarning fikricha, bu sabab istalgan davlat Oyga uchishdan oldin AQShdan ruxsat olishi kerakligiga yetarlicha asos hisoblanadi.
Biroq AQShning bunday bayonotlari boshqa hujjat – BMT tomonidan qabul qilingan 1979 yildagi Oy va boshqa samo jismlaridan foydalanish haqidagi kelishuvga zid keladi. Biroq AQSh bu hujjatni imzolamagan. Shunga qaramay, AQSh bir tomonlama ravishda Oyni “o‘ziniki” ham qila olmaydi: BMT a’zosi sifatida AQShga boshqa istalgan davlat kabi Oy hududini bosib olish maqsadida kuch ishlatish yoki istalgan boshqa yovuz harakatlar yoki yozuv harakatlarni amalga oshirish tahdidi taqiqlanadi. Shuningdek, Oydan yovuz harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanish yoki bunday tahdidlarni Yer, Oy, koinot kemalari, koinot kemalari personali yoki sun’iy koinot ob’ektlariga nisbatan qo‘llash taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi