“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi bahorgi hujumlar mavsumi boshlanganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters'ga tayanib Azon.uz nashri.
Kampaniya “Handaq” deb nomlangan bo‘lib, AQSHning Afg‘onistondagi harbiy siyosatiga qarshi qaratilgan.
Hujumlarni boshlashdan oldin “Tolibon” harakati prezident Ashraf G‘anining tinchlik muzokaralari o‘tkazish taklifini rad etdi. Toliblarning fikricha, bu muzokaralarning asosiy maqsadi jamoatchilik e’tiborini noqonuniy chet el okkupatsiyasidan chalg‘itishdir. “Urushni tugatish bo‘yicha amerikaliklarda jiddiy va samimiy niyat yo‘q”, – deya bayonot tarqatdi “Tolibon”.
Toliblar “Handaq” kampaniyasi asnosida AQSHning Afg‘onistondagi harbiy kontingentiga zarar yetkazmoqchi. Ular avvalgi yillarda bo‘lgani kabi tinch aholini himoyalashga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi