17:07 / 03.05.2018
8 928

Sherning odamga qilgan hujumi videoga olindi (video)

Sherning odamga qilgan hujumi videoga olindi (video)
JARning shimoliy qismida joylashgan Limpopo provinsiyasidagi safari-park egasiga sherning hujum qilganligi videoga olindi, deb xabar qildi Darakchi nashri.

Voqea 30 aprel kuni yuz berdi. Yirtqich to‘satdan 67 yoshli Mayk Xojga hujum qildi. Mayk Xoj bundan 10 yil ilgari Buyuk Britaniyadan Afrikaga ko‘chib kelib, yirtqich hayvonlarni saqlash markazini ochgan edi.

Sherni asabiylashtirgan yoqimsiz hidning sababini bilish uchun katakka kirgan erkakka sher hujum qilib, uni yiqitdi va o‘t-o‘lanlar orasiga sudradi.

Reynjerlardan biri quroldan o‘q uzib, yirtqichni qo‘rqitishga harakat qildi. Voqea guvohlari tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishdi. Mayk Xoj bo‘yni va jag‘idan jarohatlandi. Ayni vaqtda uning hayoti xavf ostida emas.

Erkakka hujum qilgan sher esa otib o‘ldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sherning odamga qilgan hujumi videoga olindi (video)