5 yoshli qirg‘izistonlik bola o‘z ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi. Bu antiqa tadbir Bishkek markazida o‘tkazilgan, deb yozadi Kun nashri.
“Bu tadbirdan maqsad xalqimizni birdamlikni saqlashga chaqirishdan iborat. Biz bo‘linmasligimiz lozim. Shu sababli bolaga Nur-Qirg‘iz taxallusini berdik. Uning haqiqiy nomi esa sir. U mening eng yosh shogirdim. U talaslik bo‘lib, bor-yo‘g‘i 21 kg keladi. U bilan 6 oydan beri birga shug‘ullanamiz. Bunday nomerni faqat bir marta bajarib ko‘rganmiz”, deb aytgan yosh bahodirning ustozi Nurlan Alisherov.
Ta’kidlanishicha, bolada yaxshi istiqbol mavjud. “Amerikalik do‘stim uning chiqishlari bilan qiziqib qoldi. Uning aytishicha, bu chiqishlar AQShning barcha 50 shtatida muvaffaqiyat qozonadi”, deb qo‘shimcha qilgan Alisherov.
Bolakayning qiyofasi sir bo‘lib qolgan, chunki u odamlar oldiga niqobda chiqqan. Katta jipga arqon mahkamlab, u bolaning yelkasiga tashlangan. Mashinani tortishda eng qiyini uni joyidan qo‘zg‘atib olish bo‘lgan. Keyin esa bolakay o‘z ortidan mashinani tortib, shahdam oldinga borgan. Natijada u 50 metrga yaqin masofani bosib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘proq “Toshchaynar” laqabi bilan ma’lum bo‘lgan, bolaning ustozi Nurlan Alisherov o‘z vaqtida ekstremal chiqishlari bilan nom chiqargan. Misol uchun, u 2012 yilda boshi bilan mix qoqqan, 2014 yilda esa tishlari bilan Too-Ashuu dovonida 3 tonnalik avtobusni torta olgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi