01:45 / 07.05.2018
3 344

Nigeriyadagi qishloqqa sodir etilgan hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyadagi qishloqqa sodir etilgan hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimolidagi Gvaska qishlog‘iga jangarilar sodir etgan hujum oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Jangarilar qishloqqa hujumni 5 may kuni sodir etishgan. Ta’kidlanishicha, jinoiy guruhlar pul olish maqsadida odamlarni o‘g‘irlashni davom ettirmoqda, qurollangan bosqinchiliklar sodir etmoqda va chorvani o‘g‘irlamoqda.

Hozircha mamlakatdagi birorta qurollangan guruh ushbu jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida ko‘plab uylarga o‘t qo‘yilgan, qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyadagi qishloqqa sodir etilgan hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi