Livan poytaxti Bayrut shahrida ko‘p yillardan beri tilanchiligi bilan tanilgan va kecha o‘lik holda topilgan ayolning bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari bor ekan. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Taxminan 15 yildan beri Bayrut shahrining al-Basta al-Fuqa mavzesida eski avtomobil ichida yashab kelayotgan 54 yoshli nogiron Fotima Muhammad Usmon kecha «uyi»da o‘lik holda topildi.
Politsiya xodimlarining surishtiruvi natijasida uning «uyi»da 5,7 million lira (4 ming AQSh dollari), shu bilan birga, bankdagi hisob raqamida 5,5 million dollari borligi ma’lum bo‘ldi.
«Dunyodagi eng boy tilanchi» nomini olgan Fotima 1982 yildan beri bitta joyda yashagan. Unga har doim yordam qo‘lini cho‘zgan mahalladoshi Nabil Astaning ham bunchalik puli yo‘q ekan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi