Moskva va Vashington Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashishi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”ga tayanib Daryo nashri.
“Mazkur masala tomonlarimiz o‘rtasida anchadan buyon muhokama qilinmoqda, u yopiq kanallar orqali muhokama etilmoqda. Sammit o‘tkazish, hatto uni o‘tkazish vaqti va joyi haqida kelishuvga erishilganligini aytishim mumkin. Bu haqda amerikalik hamkasblarimiz bilan birgalikda ertaga e’lon qilamiz”, — dedi u jurnalistlarga.
Ushakov, uchrashuv uchinchi mamlakatda o‘tishiga aniqlik kiritdi.
24 iyun, yakshanba kuni Avstriyaning Kronen Zeitung gazetasi sammit o‘tkaziladigan ehtimoliy joy Vena bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Politico nashri uchrashuv Xelsinkida o‘tkazilishi ehtimoli haqida xabar berdi.
Moskva va Vashington bu ma’lumotni hozircha izohlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi