Tojikiston Madaniyat vazirligi erkaklar uchun tavsiya etiladigan kiyinish qoidalari haqidagi kitobni bosib chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Madaniyat vazirligi vakili Shamsiddin Orumbekzoda aytishiga qaraganda, ushbu kitob erkaklar kiyinish madaniyatini oshirishga qaratilgan.
“Bizning maqsadimiz odamlarga kiyim kiyish madaniyatini o‘rgatish, ularga qasi uslubdagi kiyim qanday joyga to‘g‘ri kelishini tushuntirish. Masalan rasmiy majlis yoki to‘yga qanday to‘g‘ri kiyim tanlashni o‘rgatishdir”, - deydi Orumbekzoda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Tojikistonda ayollar uchun ham kiyinish qoidalari bayon etilgan xuddi ana shunday shunday kitob chop etilgan edi. 368 varaqdan iborat kitobda aksariyat liboslar eskizlari va namunalari o‘rin olgan.
Kitobda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qizlar va ayollar uchun kundalik va tantanali marosimlar uchun kiyinish qoidalari tushuntirib berilgan.
Kitobda, xususan, kalta yubka, qora ro‘mol va kalish kiyish tavsiya etilmasligi aytib o‘tilgan va milliy uslubdagi kiyim boshlarga alohida e’tibor qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi