15:30 / 01.09.2018
6 436

Malika Diananing oʻlimidan oldin aytgan soʻnggi soʻzlari maʼlum qilindi

Malika Diananing oʻlimidan oldin aytgan soʻnggi soʻzlari maʼlum qilindi
Parijning avariya-qutqaruv xizmati xodimi Ksavye Gurmelon malika Diana avtohalokatga uchragandan keyingi ilk daqiqalarda nima yuz bergani haqida soʻzlab berdi.

Gurmelon voqea joyi – Alma koʻprigi oldidagi tunnelga birinchilardan yetib kelgan. Uning aytishicha, yoʻl-transport hodisasidan keyin malika gapira olgan.

“Men uning qoʻllaridan ushlab, bezovta boʻlmaslik va qimirlamaslikni soʻrardim. Men biz bu yerga unga yordam berish uchun kelganimiz aytdim. U esa “Yo tangrim, nima yuz berdi?” deb javob qilgandi”, deb eslagan oʻsha voqealarni Gurmelon.

Qutqaruvchiga malika olgan jarohatlar yengil boʻlib tuyulgan: unda qon izlari va ogʻir jarohatlar izlari boʻlmagan. Gurmelonning aytishicha, Diananing oʻng yelkasi yengil shikastlangan boʻlgan, shu sababli u malikaning hayoti xavf ostidamas deb hisoblagan. Qutqaruvchi Diananing shifoxonada oʻlganidan hayratga tushganini aytgan.

Diananing oʻlimiga olib kelgan avtohalokat 1997 yil 31 avgustda yuz bergan. Diana ketgan, tadbirkor Dodi al-Fayozning avtomobili katta tezlikda tunnel devoriga borib urilgan, soʻngra yoʻldagi ajratuvchi toʻsiqqa urilib, toʻntarilib ketgan. Al-Fayoz va haydovchi voqea joyida jon bergan, Diana esa yoʻl-transport hodisasidan 2 soat oʻtib shifoxonada vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malika Diananing oʻlimidan oldin aytgan soʻnggi soʻzlari maʼlum qilindi