Foto: «RIA Novosti»
Van Shubao ismli Xitoylik erkak 12 yillik komadan so‘ng o‘ziga keldi. Bu vaqt davomida uni onasi parvarish qilgan, deb ma’lum qilmoqda «Xabar.uz».
Van Shubao 2006 yilda 36 yoshida avtomobil halokatiga uchragan. Olgan jarohatlari oqibatida erkak falaj bo‘lib qolgan va komaga tushgan.
Erkakning o‘sha paytda 63 yoshda bo‘lgan onasi Vey Min’in o‘g‘lini uyiga olib kelib, parvarishlay boshlagan. 12 yil davomida u o‘g‘lini davolashga bor bisotini sarflagan, qarzga botgan, puli qolmaganligi sabab hatto bir oy davomida faqat suv ichishiga to‘g‘ri kelgan.
Oradan 12 yil o‘tib barcha harakatlar o‘z natijasini berdi. Van Shubao nihoyat hushiga keldi va biroz jilmaydi ham. Hali ham qimirlay olmasligi va gapirmasligiga qaramay, uning onasi juda xursand.
«Men juda xursandman. Uning to‘liq tuzalib ketishiga umid qilyapman. Men chekinmayman», - deydi Vey Min’in. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”