20:23 / 29.11.2018
3 861

Tramp neft narxini qanday "qulatgani"ni aytdi

Tramp neft narxini qanday "qulatgani"ni aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp The Washington Post nashriga bergan intervyusida Saudiya Arabistoniga bir qo‘ng‘iroq bilan neft narxini qulatganini so‘zlab berdi.

“2,5 oy oldin bir barrel neft 82 dollar edi va 100 dollarga yaqinlashayotgandi, bu soliqning oshirilishiga o‘xshardi. Meni buni istamasdim. Men ularga qo‘ng‘iroq qildim va ular neftning bozorga oqishiga ijozat berishdi hamda neft narxi 52 dollar bo‘ldi”, deb aytgan Tramp.

Uning aytishicha, u bu qo‘ng‘iroqni 3 oycha avval amalga oshirgan.

Oktyabr o‘rtalaridan neft arzonlasha boshladi va noyabr o‘rtalariga kelib, bir yildan ko‘proq vaqt ichida ilk bor 60 dollardan arzonlashdi. Neft narxining pasayishi bir qator omillar bilan tushuntirilmoqda, ulardan eng asosiysi – bir qator davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi bilan birga neft qazib olish hajmining oshishi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp neft narxini qanday "qulatgani"ni aytdi