6 467
Asr kashfiyoti: amerikalik olimlar deyarli abadiy yashashi mumkin bo‘lgan jonzotni topishdi
Amerikalik biologlar deyarli abadiy yashashi mumkin bo‘lgan tirik jonzot borligini kashf qildilar. Bu uncha katta bo‘lmagan – 3-5 millimetrlik Turritopsis nutricula nomli meduza bo‘lib, tropik dengizlarda yashaydi. U vaqti-vaqti bilan dengiz tubiga tushib, xitin qobig‘i bilan o‘ralib oladi va polipga aylanadi.
Ushbu himoya ostida meduza hujayralari butunlay yangilanadi va organizm xuddi yangidan yaralgandek bo‘ladi. Meduza xitin qavatidan chiqib keyingi “qarish” davrigacha yana hayotini boshidan boshlaydi. Shu tariqa bunday qayta tug‘ilishlar cheksiz davom etishi mumkin.
Hozir tadqiqotchilar bu hodisani faol o‘rganishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Turritopsis nutricula ning oziq moddasi uning genini nazorat qila oladi va yangi hujayralar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq u qanday qilib o‘ziga “yoshligini qaytarishi” hozircha noma’lum.
Agar olimlar buning sababini aniqlashsa, qarishning oldini olish va tibbiyotning regenerativ sohasida katta kashfiyotlar bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi