23:50 / 05.05.2024
236

Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi

Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
Foto: eurointegration.com
Ispaniya transport vazirining Argentina prezidenti Xaver Miley giyohvand moddalar iste’mol qilgani haqidagi bayonoti ikki davlat o‘rtasida jiddiy diplomatik mojaroga olib keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ispaniya transport vaziri Oskar Puente Argentina rahbari saylovoldi tashviqoti vaqtida “ma’lum moddalar” qabul qilganini aytdi. U Argentinada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mileyni AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga qiyosladi.

Juda yomon odamlar borki, shunchaki o‘zligi bilan eng yuqori cho‘qqiga erishgan. Masalan, Miley yoki Tramp”, — dedi Puente.

Saylov kampaniyasi vaqtida Mileyning televideniyedagi chiqishlarini tasvirlagan Ispaniya vaziri u qanday holatda ekanini: “moddalarni qabul qilishdan oldin yoki keyin” bilmasligini aytdi.

Bunga javoban Argentina prezidenti administratsiyasi bayonot chiqardi. Unga ko‘ra, Ispaniya hozirda Mileyning xatti-harakatlarini muhokama qilishdan ko‘ra, muhimroq vazifalarni, xususan, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasiga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlari bilan shug‘ullanishi kerak. Shuningdek, bayonotda Sanchesning siyosati Ispaniyada “o‘lim va qashshoqlikka” olib kelgani va “ayollarga hujum qiladigan noqonuniy muhojirlarni kiritish orqali ayollar uchun xavf tug‘dirgani” ta’kidlangan.

O‘z navbatida, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi “ikki qardosh mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarga mos kelmaydigan” Miley administratsiyasining “asossiz bayonotlarini” rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi