Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, agarda Ukraina hukumati mamlakatdagi prezidentlik saylovlarini kechiktirsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozonadi.
«Agar biz prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirsak, unda bu holatda faqat bir g‘olib bo‘ladi va ushbu g‘olibning nomi - janob Putin. Biz unga bu imkoniyatni bermaymiz», - dedi Poroshenko.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Ukrainada harbiy holatning joriy etilishi ukrainaliklar konstitutsiyaviy huquqlariga hech qanday cheklovlar qo‘ymaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadida harbiy holatni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma’lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?