Argentinada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Rossiya va AQSh prezidentlarining rejalashtirilgan uchrashuvi tadbir arafasida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi tomonidan bekor qilingan edi. Bunga sabab sifatida Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa ko‘rsatilgandi.
Xullas, sammit o‘tdi, unda tegishli hujjatlar imzolandi, maxsus deklaratsiya qabul qiliindi. Biroq hozir gap bunda emas. Gap ushbu tadbir jarayonida Rossiya prezidenti V.Putin va AQSh rahbari D.Tramp baribir uchrashganida.
Ikki davlat yetakchilarining suhbati tik oyoqda, nari borsa, 10-15 daqiqa davom etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritar ekan, Rossiya prezidentining yordamchisi Yu.Ushakov shunday dedi: «Bizning prezident borgani yo‘q, janob Trampning o‘zi uning yoniga keldi...»
Sammit nihoyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Tramp bilan bo‘lgan qisqa musohabasi haqida to‘xtalib, shuning o‘zi «Kerch bo‘g‘ozidagi holat, bundagi bizning pozitsiyamizni bevosita bildirib qo‘yish»ga yetarli bo‘lganini ta’kidladi. Pirovardida, har kim o‘z fikridan qolganini ham yashirib o‘tirmadi Vladimir Putin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?