07:30 / 14.12.2018
5 632

Sobiq prezident Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Sobiq prezident Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
13 dekabrda Qirg‘iziston parlamenti deputatlari “Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti faoliyatining kafolatlari haqida”gi qonunning sobiq davlat rahbarlari daxlsizligi qismiga o‘zgartirish kiritishni muhokama qiladilar.

Agar qonunga o‘zgartirish kiritilsa, sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Deputat Oqilbek Japarov agar sobiq prezident katta siyosatga qaytsa, u “sobiq” maqomidan mahrum qilinishi borasida qonunga qo‘shimchalar kiritish kerakligini aytdi.

“Agar sobiq prezident siyosatga qaytsa, “sobiq” davlat rahbari sifatida emas, oddiy fuqaro sifatida harakat qilsin,” dedi u.

Deputat Janar Akayevning "Agar qonunga o‘zgarish kiritilsa, Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortiladimi?" degan savoliga qonun loyihasi mualliflaridan biri Kurmanqul Zulushev “Agar inson qonunni buzsa, u javobgarlikka tortilishi kerak. Barcha teng bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz qonunni Konstitutsiyaga muvofiqlashtiramiz,” deb javob berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq prezident Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin