Foto: The Guardian
Yaponiyada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratlari tushirilgan taqvimlar mahalliy taniqli shaxslarning rasmlari tushirilgan shunday mahsulotlardan ko‘ra yaxshiroq sotilmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Rossiya yetakchisining surati tushirilgan taqvimlarni sotish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega Loft savdo tarmog‘i tomonidan ma’lum qilinishicha, Putin katta ustunlik bilan o‘zining asosiy raqobatchilari bo‘lgan mashhur aktyor Keya Tanaka va figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Yudzuru Xanyuni ortda qoldirgan.
Sora News 24 portali jurnalistlari tomonidan taxmin qilinishicha, yaponiyaliklarning ba’zilari taqvimlarni do‘stlari uchun kulgi ulashish maqsadida sotib olayotgan bo‘lsa ham, xaridorlarning ko‘pchiligi haqiqatan ham Putin shaxsiga qiziqishi mumkin.
Asosan taqvimlarni ayollar sotib olmoqda. Sotuvchilarning fikriga ko‘ra, ayollarni Rossiya prezidentining nostandart uslubi va mardligi o‘ziga tortmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi