Reuters axborot agentligi ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligini tuzdi. Bunday davlatlar qatoriga Hindiston, Afg‘oniston, Suriya, Somali va hattoki AQSh kirgan.
Ro‘yxat ayollar uchun bir qator omillar, jumladan sog‘liqni saqlash, tahqirlash, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik, odam savdosi kabi xavflar darajasi hisobga olingan holda tuzilgan.
Reytingga ko‘ra, ayollar uchun eng xavfli davlat deb Hindiston topilgan. Mutaxassislarni bu mamlakatda jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi tarqalganligi hamda xavfli milliy urf-odatlar xavotirga solgan.
2-o‘rinni Afg‘oniston egallagan. Bu davlatda ayollar jangarilar harakatlaridan aziyat chekadilar. Shuningdek, afg‘on ayollari tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va ishga joylashishda muammolarga to‘qnash keladilar.
Keyingi o‘rinni bir necha yillardan beri jangovar harakatlar to‘xtamayotgan Suriya egallagan. Bu yerda ayollar tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishida muammolar his qiladilar hamda zo‘ravonliklarga uchraydilar.
4-9-o‘rinlarni Somali, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kongo, Yaman va Nigeriya egallagan. Reyting mualliflari AQShni 10-o‘ringa qo‘yishgan. Ular bu yerda ayollarning jinsiy zo‘ravonliklarga uchrashlarini qayd qilib o‘tishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi