Rossiyaning Mitishi shahrida istiqomat qiluvchi 13 yoshli qizaloq selfi qilishga urinayotganda, travmatik toʻpponchadan oʻz yuzini otib qoʻyadi. Bu haqda Rossiyaning Moskva viloyatidagi Tergov qoʻmitasining Bosh tergov boshqarmasi xabar berdi. Hodisa 5 yanvar kuni shahar tashqarisidagi uyda sodir boʻlgan.
Qizaloq suratga tushishga qaror qiladi va otasining ruxsatisiz uning travmatik toʻpponchasini gʻilofdan chiqaradi.
“Oʻzining ehtiyotsizligi bilan qurolning tepkisini bosadi va tasodifan oʻz yuzini otib qoʻyadi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda keltirilishicha, uning pastki jagʻi singan. Hozirda dastlabki tekshiruv oʻtkazilmoqda. Qizaloqning otasi qurolni zarur boʻlgan holda saqlamagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi