10:58 / 11.01.2019
4 237

Xitoylik qiz erkaklar ovozini eshita olmaydigan bo‘lib qoldi

Xitoylik qiz erkaklar ovozini eshita olmaydigan bo‘lib qoldi
Shu yil yanvar oyining birinchi kunlarida Xitoyning Futszyan viloyati Syamыn shahrida yashovchi Chen familiyali qiz quloqlari ichida chiyillashga o‘xshash tovushlar jaranglayotganini payqadi. Bundan tashqari, ko‘ngli ayniy boshladi. Qiz ertaga o‘tib ketar dedi-yu, kechqurun uxlashga yotdi. Afsuski, ertalab ham ijobiy o‘zgarish yuz bermadi. Aksincha, u sevgan yigiti gapirganda ovozini umuman eshitmas bo‘ldi. Azbaroyi qo‘rqib ketgan qiz zudlik bilan klinikaga jo‘nadi. Qarangki, klinikada yana bir kutilmagan hodisa sodir bo‘ldi. U ayollar gapirsa juda yaxshi eshitardi. Ammo erkaklar tovushini negadir eshita olmasdi.

Otolaringolog Syaotsin (Xiaoqing) qizni tekshirib ko‘rib, quloqlari past chastotali tovushlarni eshitish imkonidan mahrum bo‘lganini taxmin qildi. Yana shuni aytdiki, bunday hayotda kam uchraydigan xastalik kam uxlash, ko‘p asabiylashish, doimiy tarzda tonusda yashash oqibatida yuzaga kelarkan. Quloqlar bu qadar jiddiy zo‘riqishlarni ko‘tara olmas ekan.

Vrach qizga kerakli dorilarni yozib berdi. Umid qildiki, bir kurs shu dorilarni ichsa, bu qizaloq albatta erkaklar ovozini yana bemalol eshitadigan bo‘ladi.

Olimlarning aytishiga qaraganda, bu xastalik kundalik hayotda juda kam uchraydi. Taxminan 13 ming bemordan bittasi shunday ahvolga tushib, yo yuqori, yo past chastotali tovushlarni eshitish imkonidan mahrum bo‘ladi. Eng dahshatlisi, xastalikni aniqlashning o‘zi juda mushkul.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik qiz erkaklar ovozini eshita olmaydigan bo‘lib qoldi