Anqaraning Suriyadagi uchinchi operatsiyasi Turkiya tarixidagi eng katta ko‘lamlisi bo‘lishi mumkin. Avvalgi operatsiyalar – “Frot qalqoni” va “Zaytun shoxi”da ancha kamroq kuchlar jalb qilingandi.
Agar Turkiya o‘ylagan rejasini amalga oshirsa, unda Suriya chegarasini odatdagi 4-8 ming turk harbiysi o‘rniga, 80 ming harbiy kesib o‘tadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylaridan biri 500 kmlik chegara chizig‘ida armiyani joylashtirish va keyinroq uning Suriya hududiga 10 kmga kirib borishi bo‘ladi. Bu Anqara dushmanlarining qochishga yo‘lak yaratishga urinishlarining oldini oladi.
Birinchi bosqichda jangarilardan 30 ming kvadrat kilometr maydonni tozalash rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa qo‘shinlar yana 10 km ichkariga kirib boradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi operatsiyani davom ettirsa, uni xarob qilish bilan tahdid qilgandi. Shu bilan birga Tramp kurdlarni Anqarani keskin choralar ko‘rishga majbur qilmaslikka chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi