Venesuelaning Suriyadagi elchisi Xose Grigorio Bemorji Muzzatiz mamlakatida ayni vaqtda yuz berayotgan voqealarni 2011 yilda Suriyada yuz bergan voqealarga qiyosladi. Uning aytishicha, Venesuelada ham Suriyadagi kabi ssenariy qo‘llanmoqda.
23 yanvarda Karakasda prezident Nikolas Maduroga qarshi namoyishlar boshlandi. Muxolif parlament spikeri Xuan Guaido shu kuni o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan. AQSh va bir qator boshqa davlatlar Guaidoni prezident sifatida tan olishlarini aytishgan va Madurodan muxolifatga qarshi kuch qo‘llamaslikni talab qilishgan.
24 yanvarda Venesuelaning Damashqdagi elchixonasi oldida Venesuela xalqi bilan birdamlik namoyishi o‘tgan. Namoyishchilar Maduroni qo‘llab-quvvatlashgan.
Muzzatiz Venesuelada ham Suriyadagi kabi voqealar yuz berayotganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, muxolifat demokratiya kabi so‘zlarni ishlatmoqda, biroq qonunan saylangan prezidentni tan olmayapti va hech kimga noma’lum nomzodni ilgari surmoqda.
Diplomatning aytishicha, Venesuelada davlat muassasalari odatdagi tartibda ishlamoqda va vaziyat umuman olganda “me’yorida” hamda hukumat nazorati ostida qolmoqda.
“Suriyada 8 yil ichida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, vayrongarchiliklar ko‘lami ulkan, biror a’zosi halok bo‘lmagan oila yo‘q. Ular Venesuelaga ham shunday ssenariyni suqishtirishmoqchi, biroq bizning davlat g‘alaba qiladi”, deb aytgan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi