00:32 / 27.01.2019
4 059

Savchenko ham Ukraina prezidenti boʻlmoqchi

Savchenko ham Ukraina prezidenti boʻlmoqchi
Foto: “rusvesna.su”
Ukrainalik sobiq harbiy uchuvchi, ayni paytda mamlakat parlamenti deputati Nadejda Savchenko prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatildi. Bu haqdagi qaror uning oʻzi rahbar boʻlgan “Savchenkoning siyosiy bloki” partiyasining kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishida qabul qilindi, deya maʼlum qilmoqda “Xabar” nashri.
Nadejda Savchenko Rossiyada qoʻlga olinib, bir muddat qamoqda oʻtirgani maʼlum. Rossiya va Ukraina oʻrtasida harbiy asirlarni almashtirish boʻyicha kelishuvi doirasida u qamoqdan ozod etilib, vataniga qaytgandi. Kiyevga qaytgani hamono u mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko farmoniga binoan “Ukraina qahramoni” unvoni bilan siylanadi. Koʻp oʻtmay, Rada deputatligiga ham saylanadi. Davlat rahbarining xayrixohligi va alohida eʼtiboriga qaramay, Savchenko mamlakatda yuritilayotgan siyosatga nisbatan oʻz noroziliklarini ochiq-oydin bildirib kelgani bilan ham dong taratgan.

Bu orada u partiyaga asos solib, yangi siyosiy kuch sifatida oʻzini namoyon etish harakatiga tushadi. Natijada oʻtgan yilning 20 martida “davlat toʻntarishiga urinish” ayblovi bilan hibsga olinadi. Uni hibsda ushlash muddati bir necha bor uzaytirilgani alohida eʼtiborga molik. Oʻtgan yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan sudda Savchenkoni yana oltmish kun muddatda hibsda ushlash haqida qaror qabul qilingan.

Ukraina prezidentligiga hozirgacha 20 nafar nomzod koʻrsatildi. Saylov esa shu yilning oxirgi kuni – 31 dekabrga belgilangan. Nomzodlar orasida sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning imkoniyati balandroq ekani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Savchenko ham Ukraina prezidenti boʻlmoqchi