13:54 / 28.01.2019
3 860

Tramp: «AQShdagi noqonuniy migrantlar soni 25 million nafardan ziyod»

Tramp: «AQShdagi noqonuniy migrantlar soni 25 million nafardan ziyod»
AQShda ayni paytda ko‘p yillardan beri hisoblab kelinganidek 11 million emas, balki 25 million 772 ming 342 nafar noqonuniy migrant yashamoqda. Bu haqda «Interfaks» AQSh prezidenti Donald Trampning tvitteriga asoslanib xabar berdi.

Tramp ta’kidlaydiki, noqonuniy migratsiyaga hukumat yanvarning shu paytgacha bo‘lgan davrida salkam 19 milliard dollar sarflashga majbur bo‘ldi. Birgina o‘tgan juma kuni 603,3 million dollar migrantlarga sarflanibdi.

«Bu qanday bedodlik», — deya ta’kidlaydi Meksika chegarasida noqonuniy migrantlarga qarshi devor qurishga kongressdan 5,7 milliard dollar undira olmay jig‘ibiyron bo‘layotgan Tramp.

«Mamlakat bo‘ylab, ayniqsa Kaliforniyada saylovlarni qalbakilashtirish avj olgan. Buni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Saylovchi guvohnomasini ishlab chiqish kerak», — deb yozadi shuningdek prezident.

Tramp Texas bosh prokurori Ken Pekston bayonotidan iqtibos keltirgan. Pekston 1996 yili shtatdagi saylovchilar ro‘yxatiga mamlakat fuqarosi bo‘lmagan 95 ming kishi kiritilganini aniqlagan ekan. Ularning hech bo‘lmaganda 58 ming nafari bir marta bo‘lsa-da, saylovlarda qatnashgan.

«Bu raqamlar hali xamir uchidan patir», — deya ta’kidlaydi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «AQShdagi noqonuniy migrantlar soni 25 million nafardan ziyod»