15:35 / 31.01.2019
4 011

Pinokkio-prezident. “Tramp yaratganning irodasi bilan saylangan”

Pinokkio-prezident. “Tramp yaratganning irodasi bilan saylangan”
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning soʻzlariga koʻra, AQSHning hozirgi prezidenti Donald Tramp “yaratganning yordami bilan” saylangan.

Bu haqda u xristian telekanallaridan biriga bergan intervyusida aytgan: “Oʻylaymanki, yaratgan bizni turli vaqtda turli vazifalarga chorlaydi va u Donald Trampning prezident boʻlib saylanishini xohlagan, shunday ham boʻldi”.

Oq uy matbuot xizmati boshligʻi prezident Suriyadagi harbiy harakatlarda xristianlar va kurdlarni qoʻllab-quvvatlashini aniq aytganini taʼkidlagan. Sanders Tramp “potensial muammolar”ni inkor qilyapti, deb oʻylaganlar masalaning “fundamental yechimi”ni tushunmasligidan norozi boʻldi.

Maʼlumot uchun, The Washington Post nashri AQSH prezidenti Donald Trampning yil davomida aytgan yolgʻonlarini hisob-kitob qilib chiqqan. OAV maʼlumotlariga koʻra, AQSH prezidenti hukumat tepasiga kelganidan buyon 7600 marta, kuniga esa oʻrtacha 15 marta yolgʻon gapirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pinokkio-prezident. “Tramp yaratganning irodasi bilan saylangan”