12:53 / 01.02.2019
4 035

Tramp AQSh prezidenti daromadlarini baholadi: «Juda ko‘p pul yo‘qotdim»

Tramp AQSh prezidenti daromadlarini baholadi: «Juda ko‘p pul yo‘qotdim»
Amerika yetakchisi Donald Trampning The New York Times'ga intervyuda ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti lavozimida juda ko‘p pul topishning imkoni yo‘q.

Prezidentning ta’kidlashicha, o‘z prezidentligi vaqtida faqat pullarni yo‘qotmoqda.
«Bu ishni bajarganim uchun juda ko‘p pul yo‘qotdim. Bu ish pul haqida emas», - dedi Tramp.

Shuningdek, uning aytishicha, prezidentlik muddatidagi moliyaviy zararlarni «aqlbovar qilmas raqamlar» yordamida o‘lchash mumkin. Biroq, u aynan qancha pulni yo‘qotgani va bu yo‘qotishlar nega yuz berganini ochiqlashdan bosh tortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQSh prezidenti daromadlarini baholadi: «Juda ko‘p pul yo‘qotdim»