Kuba uzra meteorit portladi (video)

  • 02 fevral 2019, 16:04
  • 7 467
  • Dunyo
  • Kuba uzra meteorit portladi (video)
    Kubaning Pinar-del-Rio provinsiyasi uzra osmonda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu meteorit bo‘lgan, deb xabar bermoqda Granma mahalliy nashri. Guvohlar voqea joyidan olingan videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni boshlashdi.

    O‘tkinchilarning aytishicha, osmonda katta tutunni ko‘rishgan, mahalliy aholi esa portlash paytida uylarda kuchli tebranishni his qilganlar. Hodisa yuz bergan joydan tosh qismlari topildi, ularning kelib chiqishi sababi aniqlanyapti.

    Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda asosiy taxmin - meteoritning qulashi. «Bu aniq samolyotning portlashi bo‘lmagan», - deyiladi ba’zi xabarlarda.

    » » Kuba uzra meteorit portladi (video)