09:21 / 08.02.2019
5 969

Dunyodagi eng mashhur va qudratli moda brendlarini bilasizmi?

Dunyodagi eng mashhur va qudratli moda brendlarini bilasizmi?
Italiyaning Gucci yuqori sifatli liboslar ishlab chiqaruvchisi dunyodagi eng mashhur moda brendi deb topildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Moda industriyasidagi iste’molchilar yurish-turishi tahliliga ixtisoslashtirilgan Lyst platformasi mutaxassislari 12 mingta internet-do‘konlaridagi olti million foydalanuvchining onlayn-savdolarini o‘rganib chiqishdi.

Choraklik hisobotga muvofiq, Gucci eng talabgir brend bo‘lgan. Gucci Soho Disco bag tasmali sumkasi va ushbu marka belgisi tushirilgan kamar eng ko‘p qidirilgan mahsulotlarga aylangan.

O‘tgan safargi g‘olib dizayner Virjil Abloning Off-White markasi esa ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Balenciaga uchinchi, Moncler va Fendi mos ravishda to‘rtinchi hamda beshinchi bo‘lgan.

Lyst 2018 yil noyabr oyida Amerikaning keng ommaga mo‘ljallangan Supreme brendini dunyodagi eng qudratlisi deb topgandi. Bu borada Champion sport brendi ikkinchi, Janubiy Koreyaning Fila kompaniyasi uchinchi o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng mashhur va qudratli moda brendlarini bilasizmi?